Áyyemgi Greciya — Balkan ya.a.ń qubla.da, Egey teńizindegi atawlar, Frakiya qırǵaqlari, Kishi aziyanıń batısındaǵı teńiz qırǵaqlarında jaylasqan áyyemgi grek mámleketleri aymaǵınıń ulıwma atı.

Tariyxi. Arxeologik maʼǵluwmatlarga koʻre, Gr. Aymaǵında adamlar paleolit dawrinen jasap kelmekte. Xalkidika ya.o.nan neandertal adaminiń bas súyegi shıqqan. Neolit dawrinde Gr. Xalqı diyxanshılıq, sharwashilıq penen shugʻıllanıp, otırıqshı turmıs keshirgen. Greciya jez dáwiri mádeniyati shártli ráwishte Kritmiken mádeniyati yáki Egey mádeniyati dep atalǵan. Eramızǵa shekemgi 3-mıń jıllıqta Greciya etnik quramı rangbereń(pelasglar, leleglar va bosqalar) boʻlgan; olardı protoyunon qáwimleri — axeylar, ioniyaliklar qısıp shıǵarıp oʻz quramlarına sińdirip jibergenler.B E.SH 20—17-ásirlerde Krit a.da axeylardiń dáslepki mámleketleri (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos hám basqalar) payda bolǵan. E. SH 1260 jıl Mikena, Tirinf, va basqalar mámleketler Troyani basıp alıp, oni wayran etken (qarań Troya urısı). Doriy qawimleriniń kirip keliwi (E. SH 1200 jıl) aqibetinde mámleketler bóleklenip, urıwshılıq munásibetleri janlangan. E. SH 9-ásirge kelip. Arqa Gr.da — eoliylar, Oʻrta Gr. Hám Peloponneste — doriylar, Attika hám atawlarda — ioniyaliklar jasaǵan: 8—6-ásirlerde Grekler Orta teńiz, Marmar hám Qara teńiz qırǵaqların kolonizatsiya qilǵanlar. Bul dáwirde Gr.da polislar (qala mámleketler) qáliplesken. Diyxanlar hám ónermentlerdiń urıw zadaganlari menen gúresi natiyjesine qarap polistegi mámleket hákimiyati ya demokratik (Afinada) yáki oligarxik (Sparta, Krit o.da) tárizde bolgan. Ekonomikalıq jaqtan rawajlanǵan polislarda (Korinf, Afina hám basqalar) qulshilik keń tarqalgan; Sparta, Argos hám bosqalarda urıwshilik duzimi qaldiqlari saqlanıp qalǵan. E. SH 6-ásirda polislar Sparta bosshıliginda Peloponnes awqamına hám Fiva basshılıǵindaǵı Beotiya awqamına birleskenler. 5— 4-ásirler polislardıń eń rawaj tapqan dáwiri sanaladi. Ol Grek parsı urıslarinda (500—449) greklerdiń jeńisi nátijesinde Afinaniń júkseliwi hám Delos awqamınıń (Afina boshchiligida) payda bolıwı menen baylanıslı bolǵan.

Perikl húkimranlıǵı dáwiri (443— 429) Afina kúsh qúdiretiniń eń kúsheygen, siyasiy dúzimniń eń demokratlasqan hám madeniyatdiń rawaj tapqan dáwiri esaplanadi. Afina Gr. Tiykarǵı ekonomikalıq hám mádeniy orayına aylanadi, Ol teńizde húkimranlıqtı oʻz qolına algan. Afina menen Sparta oʻrtasinda Gr.da gegemon boʻlıw, savda jollarına iyelik qiliw ushın gúres Peloponnes urusi (431—404)ga alıp kelgen, Ol Afinaniń jeńilisi menen tamamlanadı. Spartaning yunon mám. ri ishki islerine aralasıwı E. SH 395—387 Jıllardaǵı Korinf urısin keltirip shıǵarǵan. 4-ásirde Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371 yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.



Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "Odiseya" dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.

Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.

Barcha xalqlarning tarixida boʻlgani kabi yunon adabiyoti ham xalq ogʻzaki ijodi zaminida vujudga kelgan. Tarix sahifalarida yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib kelgan boʻlsada, shularga asosan ibtidoiy qabilachilik davrlarida yunon xalqining anʼanasi boy va rangbarang ogʻzaki adabiyoti — ertaklari, maqollari, matallari, topishmoqlari, qoʻshiqlari boʻlganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyatdagi mavjud ogʻzaki adabiyot shu jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etgan.

Yunon mifologiyasi uzoq tarixga ega. Shu uzoq muddat davomida ijtimoiy ongning oʻsishi bilan miflar ham oʻzgargan, yangi maʼnomazmun kasb etgan. Yunon kishisi ibtidoiy qabilachilik davrida tevarak atrofdagi tabiiy hodisalarning hammasini jonli his qilib, ularga sigʻinishgan, ulardan madad tilashgan, yovuz kuchlarni moyil qilish uchun qurbonliklar qilingan. Tabiat hodisalari qarshisida ibtidoiy insonning butun hayoti qoʻrquv va tahlikada oʻtgan. Keyinchalik qabilachilik tuzumining yemirilishi va harbiy aristokrat tabaqalarning kuchayishi natijasida quyi tabaqa vakillarining ahvoli yanada ogʻirlashgan, boylarning zulmi kuchaygan. Bu holat insonlarning diniy eʼtiqodlariga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. qadimiy inson tasavvurida falak hukmronlari — odam qiyofasidagi Olimp maʼbudalari paydo boʻlgan. Zevs — momaqaldiroq hamda bulutlar hukmdori, maʼbudlar maʼbudi; Poseydon — dengiz hukmroni; Aid oxirat xoqoni, Zevsning rafiqasi Gera — osmon maʼbudasi, maʼbudalar malikasi va h.k.

Maʼbudlarni odam qiyofasida tasavvur etish, oʻz navbatida, mifologiyani haqiqiy hayotga yaqinlashtirgan va uning obrazlariga chinakam hayotiylik bagʻishlagan. "Iliada" dostonida muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Axillning gʻazabiga qaratilgan boʻlib, qolgan voqealar faqat 50 kun ichiga sigʻdirilgan. Tinglovchi va kitobxon toʻla taassurotga ega boʻlishi uchun asar davomida muallif yoʻlyoʻlakay chekinishlar yasab, turlituman hodisalar bilan asosiy voqeani toʻldirib borgan. Xuddi shu uygʻunlik, muxtasarlik "Odisseya" dostonida ham bor. Jafokash Odisseyning oʻz vataniga qaytishi, har safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot, gʻaroyibotlar — asarning asosiy mavzusidir.

Qahramonlarning qiyofasini ular, ning tabiati, xattiharakatini koʻrsatish bobida — realistik tavsifi nihoyatda sezilarli. Dostonlarda hayotning turli pogʻonalarida turuvchi ilohiy kuchlar, odam bolalari: Olimp togʻining maʼbud va maʼbudalari, devlar, parizodlar afsonaviy maxluqlar, podshohlar, pahlavonlar, oddiy jangchilar, malikalar, kanizaklar, qul va choʻrilar, goʻdaklar va h.k. koʻz oʻngida gavdalanadi. Yunon xalqi asrlar davomida botirlik haqidagi oʻz tuygʻu va orzularini ana shunday qahramon nomi bilan bogʻlab kelgan.

Yunon xalqining botirlik, gʻayrat va jasorat tushunchalarini yozuvchi Axill obrazida talqin etgan boʻlsa, shu xalqning hayot bobida orttirgan donishmandligi, aql va zakovatini Odissey obrazi orqali koʻrsatgan. Boshqa qahramonlardan tashqari (har ikkala) dostonda ikkinchi darajali shaxslar bor: Agamemnon — takabbur, Menelay — botir, Diomed — sergʻayrat, Nestor — nuroniy, Baris — xudbin, olifta, Gektor — oriyatli va h.k.

Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan. "Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.

17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. Elin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[linizm).

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar osha turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada, borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon ya.o. dagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin ya.o., Oʻrta dengiz orollari hamda Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.

YU. sanʼati Miken madaniyati negizida paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan avvalgi 2—1-ming yillik sanʼatining oʻzaro bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama naqshlarida koʻzga aniq tashlanadi. Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer, arxaika, klasika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.

Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-asrlar) da boʻyama naqshli kulollik taraqqiy etgan, geometrik uslub miloddan avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (8-asr)da %abr yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar bezagi, naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik uslubda terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar) ham yaratildi. Meʼmorlik haqida maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim maʼlumotlar uchraydi.

Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora) boʻlib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi oʻrinni ibodatxonalar (haykallari boʻlgan "xudolar uyi") egallagan.

Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi (qarang Meʼmorlik orderlari), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.

Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar ("Fivalik Apolon", miloddan avvalgi 7-asr 1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi ("Delosli Nike", miloddan avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shakli uslubdan qizil shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).

Klasika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar tipi shaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning oʻziga xos ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan Afina Afayi (taxminan miloddan avvalgi 500—480, Egin o.da), Gera II ("Poseydon ibodatxonasi", miloddan avvalgi 5-asr 2-choragi, Poseydoniyada), Zevs (miloddan avvalgi 468—456, Olimpiyada) ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.

Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi, haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan "qatʼiy uslub" hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar (bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. "Qatʼiy uslub" miloddan avvalgi 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi sanʼat durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati ("yuksak klassika" deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.

Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan avvalgi 350—330 va boshqalar).

Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha inshootlarining keyingi taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.

Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi bilan belgilanadi (qarang [[El[[linizm). Afina badiiy hayot markazi mavqeini yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli meʼmoriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha boʻlgan turar joy tipi shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib bordi.

Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).dramatik chiqishlarda xor asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yu. quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[linizm davrida (miloddan avvalgi 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi. [[El[[linizm davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yu. teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol oʻynadi.

Musiqasi. Yu. musiqasini badiy (mas, "Iliada" "Odiseya") va ilmiy (Platon, Aristotel, Pifagor, Aristoksen) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yu.da musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq qoʻshiqlari — georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos (yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar, Apolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va boshqalar xudolarga bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod — Homer va boshqalar)lar oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan.

Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa, ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.

YU. tragediya va komediyasida musiqa muhim dramaturgik vazifalarni bajargan. Uning ijodkorlari (Esxil, Frinix, Sofokl, Yevripid va boshqalar) kuylarni ham yaratib, dramatik asarlarga xor va raqslar, yakka xonandalik shakllarini kiritgan. "Antigona" (Sofokl) tragediyasidagi xor Afinaning milliy madhiyasiga aylangan. [[El[[linizm davrida katta cholgʻu ansambllar, organ kabi musiqa cholgʻu asboblari paydo boʻlgan.

YU. musiqa madaniyatiga Kichik Osiyo hamda Yaqin Sharq xalqlari musiqa anʼanalari taʼsir etgan. Oʻz navbatida, Yu. musiqasi hamda musiqa nazariyasi Sharq musiqa ilmi (Yunus alKotib, Ibn Surayj, Ishoq alMavsiliy, Forobiy, alKindiy, AbulFaraj, Isfahoniy va boshqalar)da rivoj topgan. 9-asrda Bagʻdodda Aristotel, Aristoksen, Nikomax, Ptolemey va boshqalarning koʻpgina musiqa risolalari arab tiliga tarjima qilingan. Forobiy Aristotel tizimini, al-Kindiy yangi platoniklar gʻoyalarini rivojlantirgan. Yunoniston musiqa nazariyasida qaror topgan tushunchalar (musiqa, melodiya, ritm, gamma, monodiya, garmoniya, diatonika va boshqalar) hozirgi musiqashunoslikda ham joriy etilmoqda.