Áyyemgi Greciya: Ózgerisler arasındaǵı ayırmashılıq

Content deleted Content added
Өңдеу түйіні жоқ
kӨңдеу түйіні жоқ
Qatar No 7:
Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.
 
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.
 
Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog , torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining markazi boʻldi.
 
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy maktablarning paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya — miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.
 
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey (taxminan milodiy 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70) boʻlgan.
 
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi.
 
 
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[linizm davrida gʻarb va sharq dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxminan 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot miloddan avvalgi 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "Odiseya" dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, Herodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.